08 dek 14:34
Yangiliklar

SHon-shuhrat Zaliga qabul qilingan bokschilar nomi malum
Zamonaviy bokschilar toifasida Jeyms “Baddi” Makgirt, Julian Jekson va Donald Karri kelasi yili SHuhrat Zaliga rasman qabul qilinadi. Nomlari tilga olingan bokschilar o'z davrlarida ikki vazn toifasida jahon chempioni bo'lishgan.
Faxriy bokschilar toifasida (faoliyatini 1988-yilgacha yakunlaganlar) yarim o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni 86 yoshli Toni Demarko ushbu sharafli etirofga sazovor bo'ldi.
SHuningdek, mashhur murabbiy, ayni paytda parallel ravishda sharhlovchilik ham qilayotgan Teddi Atlas, promouter Don Elbaum, hakam Gi Jyutras hamda jurnalist Li Semyuels ham SHuhrat Zaliga qabul qilinishdi. Rasmiy marosim 2019 yilning 6-9 iyun kunlari bo'lib o'tadi.
Jeyms “Baddi” Makgirt
Fikrlar