09 jan 16:16
Yangiliklar
SHon Striklend UFC uni jarohat bilan jangga chiqishga majbur qilganini aytmoqda
U Drikus Dyu Plessi bilan revansh jangida hali davolanmagan elka jarohati bilan ishtirok etgan, chunki tashkilot rahbariyatining taklifini rad etish imkoniyati bo'lmagan.
"Drikus bilan jangdan oldin do'stim Aksel Xodjes bilan motocikl haydash ortidan elkamdan jarohat oldim, - deydi Striklend Kairouz Bros kanaliga bergan intervyusida. - Kolumbiyada edim, menga jang taklif qilishganida, elkamga ukol olayotgan edim. Muammo shundaki, UFC’ga "yo'q" deb bo'lmaydi. Bular qo'shmachilar. Mezbonlarga rad javobi berilmaydi. SHunday qilib, men bu jangga rozi bo'lishga majbur bo'ldim, chunki meni burchakka qisib qo'yishgandi".
Eslatib o'tamiz, SHon Striklend 2024 yil boshida o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini Dyu Plessiga boy berib qo'ygandi. SHundan so'ng ular bittadan jang o'tkazib, g'alaba qozonishdi.
Ayni vaqtda o'rta vazn toifasi reytingining uchinchi pog'onasida borayotgan SHonning navbatdagi jangi 21 fevral kuni Xyustondagi UFC turnirida bo'lib o'tishi kerak. Unga reytingning 4-raqamli jangchisi Entoni Ernandes raqiblik qiladi.

Fikrlar