20 jan 12:47
Yangiliklar
SHu hafta o'tkaziladigan UFC 324 turniri kardi tasdiqlandi: Jastin Getji – Peddi Pimblett, SHon O’Melli – Sun Yadun
Oqshomning asosiy jangi engil vaznda vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun kechadi. Unda amerikalik Jastin Getji britaniyalik Peddi Pimblettga qarshi oktagonga chiqadi. Ular mos ravishda engil divizion reytingida to'rtinchi va beshinchi o'rinlarni band etishgan.
Turnirning co-main event jangi o'ta engil vazn toifasida sobiq chempion SHon O’Melli (reytingda 3-o'rin) hamda xitoylik Sun Yadun (reytingda 5-o'rin) o'rtasida o'tkaziladi. Aslida co-main event jangi ayollar o'rtasida UFC chempioni Kayla Xarrison hamda ikki vaznda sobiq tashkilot chempioni Amanda Nunes o'rtasida o'tkazilishi kerak edi. Ammo Xarrisonning jarohati sabab jang bekor qilindi va SHon O`Melli ishtirokidagi jang ahamiyati jihatidan ikkinchi to'qnashuvga aylandi.
UFC 324 turnirining to'liq kardi
Asosiy kard janglari:
Og'ir vazn: Valdo Kortes-Akosta (reytingda 5-o'rin) – Derrik Lyuis (reytingda 8-o'rin)
Ayollar eng engil vazn: Nataliya Silva (#2) – Rouz Namayusnas (#6)
Yarim engil vazn: Arnold Allen (#6) – Jan Silva (#10)
Prelim kard janglari:
O'ta engil vazn: Umar Nurmagomedov (#2) – Deyveson Figeredo (#6)
O'rta vazn: Ateba Gote – Andrey Pulyaev
Yarim og'ir vazn: Nikita Krilov (#13) – Modestas Bukauskas
Erta prelim janglari:
Eng engil vazn: Aleks Peres (#11) – CHarlz Jonson (#13)
Engil vazn: Maykl Jonson – Aleksandr Ernandes
Og'ir vazn: Josh Xokit – Denzel Friman
O'ta engil vazn: Rikki Tursios – Kameron Smazerman
Yarim o'rta vazn: Adam Fyugitt – Tay Miller

Fikrlar