14 mar 15:41
Yangiliklar
Boks/MMA

SHukurjon Rahimov prof boksdagi ikkinchi jangini kolumbiyalik raqibga qarshi o'tkazadi
Osiyo chempionati sovrindori, bugungi kunda prof boksda faoliyatini boshlagan SHukurjon Rahimov navbatdagi jangini 21 mart kuni o'tkazadi.
Vladikavkazda tashkil etiladigan jang oqshomida hamyurtimiz kolumbiyalik Anuar Salasga qarshi ringga ko'tariladi. Malumot uchun, Salas shu kungacha prof boksda 28 marotaba jang qilgan. U janglarining 20 tasini g'alaba bilan yakunlagan (12 ta nokaut). 7 marotaba mag'lub bo'lgan (3 ta nokaut). 1 marotaba durangga erishgan. SHukurjon Rahimov esa prof boksdagi debyutini shu yilning 1 fevral kuni o'tkazgan va o'sha kuni JAR boschisi Ripfumelo CHikvambanani 6 raundlik jangda mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar