27 dek 12:10
Yangiliklar
Tokio-2020
Simona Baylz – yilning eng yaxshi sportchisi!
Dunyoga mashhur Associated Press nashri bir necha karra Olimpiada chempioni Simona Baylzni 2016 yilning eng yaxshi sportchisi deb topdi.
19 yoshli amerikalik gimnastikachi Rio Olimpiadasi muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etdi. Baylz hisobida olimpiya o'yinlarining 4ta oltin va bitta bronza medali bor.
So'rov natijalariga ko'ra Simona
59ta ovozdan 31tasini qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni Rio Olimpiadasining suzish
bahslarida 4ta oltin medalga sazovor bo'lgan Keti Ledeki (20ta ovoz) egalladi.
To'rttadan ovoz to'plagan tennis bo'yicha dunyoning sobiq birinchi raketkasi amerikalik Serena Uilyams hamda basketbolchi Brianna Styuart uchinchi o'rinni bo'lishib olishdi.
Havola :
Fikrlar