So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

23 avg 18:43
Yangiliklar

Bolalar sporti

Sirdaryo viloyatida zamonaviy sport inshootlari qad rostlamoqda

Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda, ko'plab aholi uchun turar joylari, ijtimoiy soha obektlarida qurilish ishlari jadal suratlarda davom ettirib kelinmoqda.

Albatta bunday bunyodkorlik ishlarida sport inshootlari ham chetda qolgani yo'q. Jumladan, ko'p yillardan beri respublika terma jamoasi tarkibiga sportning akademik eshkak eshish turi bo'yicha istedodli sportchilarni etishtirib berayotgan SHirin shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan moliyalashtirish evaziga akademik eshkak eshish bazasi rekonstrukciya qilinmoqda. 

Hozirda sport bazasida 45% ishlar bajarib bo'lingan bo'lib, sport inshooti joriy yilning dekabr oyiga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Takidlab o'tish joizki obekt engil va tez bitadigan sendvich paneli metal konstrukciyadan barpo etilmoqda.

SHuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tashabbusi bilan Sardoba suv toshqini natijasida talofat ko'rgan Oqoltin tumani «Saxovat» mahallasida yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida badminton, basketbol va voleybol maydonchalari tashkil etilmoqda. Hozirda sport maydonchalarida qurilish ishlari yuqori suratda olib borilib, mazkur sport inshootlari yoshlarimiz uchun mustaqillik kunida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2020-2021 yillarda Boyovut tumani ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha chora-tadbirlarni tasdiqlash to'g'risida»gi qarori ijrosi yuzasidan Boyovut tumani bolalar-o'smirlar sport maktabi hududidagi bo'sh er maydonida yangi suniy qoplamali basketbol, voleybol maydonlarini qo'rish maqsadida er maydoni sport inshootlariga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish to'g'risida»gi qarori ijrosini taminlash maqsadida Xovos tumani «Xovosobod» mahallasi hududida samarasiz va foydalanilmayotgan er maydonlarida yilqichilik va ot sportini rivojlantirish maqsadida yangilangan loyihalar asosida qurilish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu bino ot sportiga qiziquvchi yoshlarimizni ushbu sport turiga tayyorlashga to'liq moslashgan bo'lib zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi. Ushbu yaratilayotgan keng imkoniyatlar tuman yoshlari orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ularni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan.

Qolaversa, Xovos tumani markazini zamonaviy shahar ko'rinishga keltirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanda tashkil etilayotgan yoshlar bog'ida zamonaviy «Bovling markazi» qurilishi rejalashtirilgan bo'lib hozirgi paytda qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Bir so'z bilan aytgan Sirdaryo viloyatida yaqin yillar ichida sport sevar yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Professional sportchilar uchun o'quv-yig'in mashg'ulotlari va yirik sport musobaqalari o'tkaziladigan maskanga aylanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing