So’nggi yangiliklar

19:10ЖЧ-2026 финалидаги танаффус тахминан 30 дақиқа давом этиши мумкин 0 18:38Хабиб Нурмагомедов Махачев — Гарри жангига тахмин билдирди 0 18:05Илия Топурия: "Махачев билан учинчи камар учун жанг қилган бўлардим" 0 17:27Хабиб Нурмагомедов ММА жангларида нимани ўзгартирган бўлиши мумкинлигини айтди 0 16:49Ильгиз Танташев ва унинг жамоаси Ўзбекистонга қайтди 0 16:08Бокс: U19 ёш тоифасидаги қизларимиз Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0 15:30«Сабоқ олдим». Ян Блахович Анкалаевга қарши жангни қабул қилмаганидан афсусда 0 14:53UFC собиқ жангчиси Макгрегор ҳақида: "У ҳаммани енгишини айтиб, беш йил давомида яхтада ичиб юрди" 0 14:26"Тарих уларни руҳлантиради". Тухель — ЖЧ-2026 ярим финалидаги Англия — Аргентина баҳси ҳақида 0 13:58Mangu 4 турнирида ўзбекистонлик ва қирғизистонликлар ўртасида кубок учун жанглар ўтказилади 0 13:45РАСМАН! UFC Нурсултон Рўзибоевнинг кейинги рақиби, жанг санаси ва манзилини эълон қилди (ПОСТЕР) 0 13:34Нурсултон Рўзибоев яна танқидчиларга мурожаат қилди (ФОТО) 0 13:04Магомед Анкалаев: "Гусковни ютаман, кейин эса..." 0 12:38Де ла Фуэнте Дешамнинг сўзларига жавоб қайтарди: "Мағлубиятга учраганда ҳамма баҳона қидиради" 0 12:13Анвар Анваров Венгриядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди (ВИДЕО) 0

29 jan 18:05
Yangiliklar

Kurash

Sirdaryoda belbog'li kurash bo'yicha Osiyo chempionati o'tkaziladi

Guliston shahrida milliy sport turimiz - belbog'li kurashni Sirdaryo viloyatida keng rivojlantirishga oid uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Sirdaryo viloyati hokimi o'rinbosari Otabek Mavlonberdiev, Osiyo belbog'li kurash konfederaciyasi prezidenti Mo'min Muratov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Sirdaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig'i Anvar Bo'ronov, belbog'li kurash federaciyasi Sirdaryo viloyat bo'limi raisi Mamur Umarov, belbog'li kurash bo'yicha Sirdaryo viloyati bosh murabbiyi Abduqahhor Egamov va boshqa masullar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Sirdaryo viloyatida belbog'li kurash sport turining ommaviyligini oshirish hamda yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Jumladan, viloyatdagi tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan sport maktablarida belbog'li kurash to'garaklarini ko'paytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda mashg'ulotlar sifatini yaxshilash masalalariga alohida etibor qaratildi.

SHuningdek, murabbiylar malakasini oshirish, ularning xalqaro o'quv-yig'inlari va seminarlarida ishtirokini taminlash, xorijiy tajribaga ega mutaxassislarni viloyatga jalb etish orqali zamonaviy mashg'ulot uslublarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, joriy yilda Guliston shahrida 20 dan ortiq davlat sportchilari ishtirokida belbog'li kurash bo'yicha Osiyo chempionatini o'tkazish rejasi ham muhim tashabbus sifatida ilgari surildi. Ushbu xalqaro musobaqaning yuqori saviyada tashkil etilishi nafaqat viloyat, balki respublika sport nufuzini xalqaro miqyosda yanada mustahkamlashga xizmat qilishi takidlandi.

SHu bilan birga, uchrashuv davomida Sirdaryo viloyati va Osiyo belbog'li kurash konfederaciyasi o'rtasida har tomonlama va ko'p qirrali hamkorlik aloqalarini rivojlantirish muhimligi qayd etildi. Tomonlar sport sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo'shma loyihalar va musobaqalarni tashkil etish bo'yicha o'zaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Yakunda kelgusida belbog'li kurash sport turini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni saralash va yuqori natijalarga erishish yo'lida hamkorlikda izchil ish olib borish bo'yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing