So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

26 okt 07:27
Yangiliklar

Tadbirlar

Sirdaryoda ham ommaviy sport tadbirlari muntazam o'tkazib kelinmoqda

So'ngi vaqtlarda barcha joylarda bo'lgani kabi Sirdaryo viloyatida ham aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, aholini sog'lom turmush tarziga o'rgatish, ularni jismoniy tarbiya va sportga faol jalb etish, to'g'ri ovqatlanish, aholida ortiqcha vazn paydo bo'lishi natijasida qand kasalligi, shuningdek, turli yuqumli bo'lgan kasalliklarning kelib chiqishini oldini olish maqsadida aholi orasida sog'lomlashtiruvchi jismoniy mashqlarni doimiy o'tkazish hamda ularga qulay sharoitlar yaratishga alohida etibor qaratish maqsadida tashkil etilayotgan ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari, «Sog'lom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostidagi yurish marafonlari tobora ommalashib bormoqda.

Xususan, viloyatning SHirin va Oqoltin tumanlarida aholi o'rtasida badantarbiya va «Sog'lom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostidagi yurish sport tadbirlari tashkil etilgan bo'lsa, Guliston shahri hamda Boyovut tumanlarida yoshlar o'rtasida sportning futbol, voleybol, engil atletika turlari bo'yicha «Yoshlar» spartakiadasi musobaqalari bo'lib o'tdi.

Mazkur sport tadbirlariga aholining barcha qatlamlari jalb etilmoqda. Sport tadbirlari yakunida g'oliblar, sovrindorlar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag'batlantirib borilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing