20 avg 18:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Siril Gan: "Men Ngannuni mag'lub etishim shart"
Og'ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Siril Gan asosiy kamarga ko'z tikkan.
"Men Ngannuni mag'lub qilishim shart. Haqiqiy chempion bo'lishim uchun bu ishni qilishim kerak. To'g'ri, men hozir vaqtinchalik chempionman. Bu kamar ham menga juda ko'p narsani anglatadi, hammasi yaxshi. Lekin, menga haqiqiy kamar kerak. Ushbu vaznda mutlaq chempion bo'lishim uchun Fransis Ngannu ustidan g'alaba qozinishim lozim", - deydi Siril Gan MMA Hour shousida.
Eslatib o'tamiz, Siril Gan yaqindagina Derek Lyuisni mag'lubiyatga uchratib, og'ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioniga aylangandi. Ushbu vaznda to'laqonli chempion esa Fransis Ngannu hisoblanadi.
Havola :
Manba : MMA Hour by Ariel Helwani
Fikrlar