01 may 16:11
Yangiliklar
Sky Sports: "Atletiko" Alvaresni 150 million evroga baholagan
Ammo 26 yoshli futbolchining potencial transferini 130 million funt (150 million evro) deb baholamoqda. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari argentinalik hujumchiga "Arsenal", "Barselona" va PSJ qiziqish bildirayotganini takidlagan edi.
Manbaga ko'ra, agar "Atletiko"ni tark etadigan bo'lsa, Alvares karerasini Kataloniyada safida davom ettirishni afzal ko'rmoqda.
Hujumchi "Atletiko"da 2024 yil yozidan beri o'ynaydi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda ishtirok etib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi. Futbolchining "matraschilar" bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalidagi malumotlarga ko'ra, uning bozor qiymati 90 million evro.

Fikrlar