16 may 09:04
Yangiliklar
Eshkak eshish
Slalomda eshkak eshish. Qita birinchiligida navbatdagi medallar qo'lga kiritildi
Xabar berganimizdek, Xitoyning Siyasi shahri slalomda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Musobaqaning kechagi bahslarida O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari jamoaviy yo'nalishlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
K1 Team yo'nalishida Jonibek Temirgaliev, Pavel Eygel va Samandar Saydullaev shohsupaning ikkinchi pog'onasidan joy egallashdi. SHuningdek, C1 Team bahslarida Anvar Klevleev, SHerzod Qurbonaliev hamda Ibrohim Nosirjonovdan iborat jamoamiz ham kumush medal sohibiga aylandi.










Havola :
Manba : rcfuzbekistan
Fikrlar