28 noy 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq chempion SHon O'Melli ham qaytyapti - u UFC 324 turnirida jang qiladi (POSTER)
UFC tashkiloti eng engil vazn toifasining amerikalik sobiq chempioni SHon O'Mellining ham navbatdagi jangi bo'yicha malumot berdi.
31 yashar sportchi 2026 yilning 24 yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenasida tashkil etiladigan UFC 324 musobaqasida oktagonga ko'tariladi. SHonga o'sha kuni xitoylik Song Yadong raqiblik qiladi.
So'nggi ikki jangida gruziyalik amaldagi chempion Merab Dvalishviliga yutqazgan SHon O'Melli (18-3-0-1) hozirda UFC reytingida ikkinchi o'rinda turibdi. 27 yoshli Song Yadong (19-6-1-2) esa ushbu reytingda beshinchi o'rinda qayd etilgan.

Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar