04 jan 17:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq chempion UFC bilan shartnomani bekor qilmoqchi
UFCning og'ir vaznli sobiq chempioni Fabrisiu Verdum promoushen bilan shartnomani bekor qilmoqchi.
U ayni paytda doping sabab ikki yilga diskvalifikaciya qilingan.
"Vaziyatdan to'g'ri chiqishning eng yaxshi yo'li - UFC bilan kelishuvni bekor qilishdir. Ali (menejer) o'z mijozlari haqida qayg'uradi. U ko'plab sportchilar bilan ishlaydi va UFC bilan aloqasi bor. U bu borada Dana Uayt bilan muzokaralar olib bormoqda.
UFC? Menga albatta u erda jang qilish yoqardi. Ammo, doping bilan bog'liq adolatsizliklardan so'ng men boshqa promoushenlarda jang qilishga qaror qildim.
Endi Yaponiya, Rossiya va Evropaning boshqa mamlakatlarida jang qilaman. 41 yoshda bo'lsamda, men ko'p narsaga qodirman va o'zimni juda yaxshi his qilyapman", - dedi Verdum.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar