15 avg 11:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq jahon chempioni Endi Ruis qaytmoqda, uning raqibi malum
Superog'ir vazn toifasida sobiq WBA Super, WBO, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni Endi Ruis tanaffusdan so'ng yana ringga qaytmoqda.
Ruis navbatdagi jangini chempionlik kamari uchun sobiq davogar Kris Arreolaga qarshi o'tkazadi. Endi so'nggi bor 2019 yilning dekabr oyida jang o'tkazgan edi. O'shanda u revansh jangida Entoni Joshuaga imkoniyatni boy berib, chempionlik kamarlarini o'z egasiga qaytargandi.
Malumot uchun, 39 yoshli Arreola o'tgan yilning avgust oyida Adam Kovnackiga yutqazib qo'ygandi. Kris faoliyati davomida Vitaliy Klichko, Deontey Uaylder singari kuchli bokschilarga qarshi ringga ko'tarilgan. Hozirda Endi Ruis yangi murabbiy Eddi Reynoso qo'l ostida mashg'ulot o'tkazyapti. Bu mutaxassis Saul Alvaresning ham murabbiyi hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar