19 dek 17:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq jahon chempioni faoliyatini yakunladi
Professional boksning yarim engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Evgeniy Gradovich faoliyatini yakunladi.
Rossiyalik 31 yoshli bokschi bu qarorini sog'liqdagi muammolar, asosan ko'zi bilan bog'liq sabab bilan izohladi. Gradovich 15 dekabr kuni Ekaterinburg shahrida ringga chiqishi kerak edi. Lekin yuqorida keltirilgan sabab tufayli o'sha jangda ishtirok eta olmadi.
“Uch yil oldin ko'z bilan bog'liq muammollar ko'zga
tashlanib qoldi. O'shanda tibbiy ko'rikdan o'tdim va ko'z muolajalarini boshladim. 15
dekabr kungi jangimga olti oy davomida tayyorgarlik ko'rdim. Lekin mashg'ulotning
so'nggi kunlari sog'lig'im yomonlashdi. Har qanday holatda 19 yillik faoliyatimdan
ko'nglim to'ldi”, - dedi Gradovich.
Havola :
Fikrlar