31 may 16:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq jahon chempioni: "Menimcha, Menni Turmanni mag'lub etadi"
Sobiq jahon chempioni Kris Algieri sakkiz vazn toifasida jahon chempioni Menni Pakyaoning bo'lajak jangi haqida fikr bildirdi.
Filippinlik boks afsonasi yarim o'rta vaznda WBA chempioni Kit Turmanga qarshi ringga ko'tariladi. Kris ushbu jangda Pakyaoga muxlislik qiladi.
"To'g'risini aytganda, kutilayotgan jangda Mennining imkoniyatlarini yuqori baholayman. Hozirgi yoshiga qaramay, u ringda juda erkin harakat qiladi. Kuchli bokschilarni birin-ketin mag'lub etayotgani ham uning bugungi sport formasi qanday holatda ekanligini ko'rsatib turibdi.
Men Mennining Matissega qarshi Malayziyada o'tkazgan jangini bevosita arenada tomosha qildim. U ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadi va raqibini chiroyli tarzda mag'lub etdi. Uning masofani katta tezlikda qisqartira olish qobiliyati asosiy quroli bo'ladi", - dedi Algieri.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar