14 mar 16:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq mutlaq jahon chempioni vafot etdi
Amerikalik afsonaviy bokschi, o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo'lgan Marvin Xagler 66 yoshida bu foniy dunyoni tark etdi.
Kecha Xaglerning farzandlari otasini Nyu-Gempshirdagi shifoxonalarning biriga og'ir ahvolda olib borishgan. Marvin ko'krak qafasida kuchli og'riq sezgan va nafas olishi qiyinlashgan. SHifoxonaga olib kelinganidan 4 soat o'tib, Xaglerning yurak urishi to'xtagan.
Malumot uchun, Marvin Xagler o'rta vazn toifasi tarixidagi eng yaxshi jangchilardan bo'lgan. 1980-1987 yillarda WBC va WBA, 1983-1987 yillarda esa IBF chempionlik kamarlarini o'zida saqlab turgan. 1983 va 1985 yillarda The Ring jurnali tomonidan "Yil jangchisi" deb topilgan. 1992 yilda Butunjahon boks shon-shuhrati muzeyiga qabul qilingan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar