19 fev 15:30
Yangiliklar

Sobiq UFC chempioni Aleksa Grassoga jang berildi
U 10 may kuni Kanadaning Monreal shahrida tashkil etiladigan UFC 315 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Grassoning raqibasi braziliyalik Nataliya Silva bo'ladi.
Malumot uchun, 28 yoshli Silva 6 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. So'nggi jangida sobiq UFC chempioni Jessika Andradeni mag'lubiyatga uchratgandi. 31 yoshli Aleksa Grasso esa 2023 yildan beri qirg'izistonlik Valentina SHevchenko bilan uchta jang o'tkazdi. Janglarning birinchisida u shov-shuvli tarzda SHevchenkodan chempionlik kamarini tortib oldi. Ikkinchi jangda durang qayd etildi. Trilogiyada esa hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub bo'ldi.
Taqqoslash uchun, ayni paytda Aleksa Grasso UFC reytingida birinchi, Nataliya Silva esa beshinchi o'rinni egallab turibdi. Katta ehtimol bilan bu jang chempionlik uchun davogar nomini aniqlab beradi.
Fikrlar