26 iyu 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC chempioni Fyodor Emelyanenkoga revansh bermoqchi
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Fabriciu Verdum MMA afsonasi Fyodor Emelyanenkoga qarshi jang qilmoqchi.
“Fyodorga qarshi jang qilmoqchiman. Uni hurmat qilaman va unga revansh uchun imkon bermoqchiman. Emelyanenkoga qarshi o'n yil avval jang qilganman va yana bir bor o'sha ajoyib holatni his qilishni istayman. Jangni qachon va qaerda o'tkazilishining ahamiyati yo'q. Fyodorni mag'lub etgan kam sonli jangchilardan biriman. U MMA tarixidagi eng kuchli jangchi”, - dedi Verdum.
Malumot uchun, Verdum va Emelyanenko 2010 yilda o'zaro jang qilishgan va o'shanda Fabriciu g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar