11 okt 12:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq UFC chempioni Jamal Xillga jang berishdi
Yarimog'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jamal Xill navbatdagi jangi haqida malumot berdi.
"Raqib nomini bilamiz. SHu kunlarda shartnomaga imzo chekaman va shundan so'ng bu haqda rasmiy malumot taqdim etiladi. Hammasi rasman bo'lmaguncha, raqib nomini oshkor eta olmayman. Tez orada mashg'ulotlarni boshlayman", - dedi Xill.
Avvalroq, Xill bilan jang qilish istagini uning hamyurti Xalil Rauntri bildirgandi. Xalil yakshanba tongida chempion Aleks Pereyraga texnik nokaut evaziga yutqazgandi. Jamal Xill esa o'zining so'nggi jangini shu yil aprel oyida aynan Pereyraga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq nokautga uchragandi. Ayni paytda Jamal UFC yarimog'ir vazn reytingida 3-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Fikrlar