05 sen 13:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC chempioni Oleg Taktarov oktagonga qaytmoqda
UFC chempionatining oltinchi g'olibi, rossiyalik mashhur MMA ustasi Oleg Taktarov faoliyatini qayta tiklaydi.
54 yoshli afsonaning raqibi ham elon qilindi. Taktarov yana bir faxriy jangchi, amerikalik 50 yoshli Jeff Monsonga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ushbu jang Hardcore MMA ligasi tomonidan tashkil etilyapti.
Malumot uchun, Oleg Taktarov faoliyatini qatorasiga muddatidan avval qozonilgan beshta g'alabali janglardan so'ng, 2008 yilda yakunlagan edi. So'nggi jangida Mark Kerrdan ustun kelgan. Jeff Monson oxirgi jangini 2016 yilning oktyabr oyida o'tkazgan. O'shanda u Rossiyaning Belgorod shahrida o'tgan mintaqaviy turnirda Aleks Kardoni mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar