20 avg 08:08
Yangiliklar

Sobiq UFC jangchisi avtofalokatga uchragan to'rt bolani qutqarib qoldi
Ushbu hodisaga sababchi bo'lgan inson, ataylab oilasini o'ldirish maqsadida qarama-qarshi yo'lga chiqqan.
"Mashina juda yomon ahvolga kelgandi. Yaqinroqda yana bir yigit bor edi. Biz u bilan avtohalokat joyida edik. Avtomobilda ikki bola va yana bir kattaroq inson bo'lgandi. Ular qayta-qayta o'lishni istamayotganliklari haqida gapirishayotgandi. Men unga hali beri o'lmasligini aytdim. Eshikni ochishni iloji bo'lmadi. Men bolalarni oynani sindirib chiqarib oldim.
Mashining old o'rindig'ida esa bir ayolni ko'rdim. U o'lik holda edi. Bolalar "Ona, ona", - deb baqirar edilar. Men bolalarga u yoqqa qaramasliklarini aytdim. Ular shunchalik kichkina edilarki, bunday daxshatni shunday o'tkazib yubora olmasdilar", - deydi Brendan SHaub.
Voqea natijasida 26 yoshli Eymi Garsiya vafot etgan. Uning to'rt nafar bolalari esa tirik qoldi.
Fikrlar