15 dek 09:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq UFC jangchisi daryoda cho'milish vaqtida bedarak yo'qoldi
Braziliyalik 45 yoshli sobiq UFC jangchisi Jeronimo dos Santos Rio-Negro daryosida cho'milish vaqtida bedarak yo'qoldi, deb xabar bermoqda Lance nashri.
Mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida Dos Santosni cho'milish uchun daryoga tushganini ko'rishgan, shundan so'ng u suv yuzasiga chiqmagan. Darhol qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan, ammo hozircha sportchining jasadi topilmadi.
Mahalliy hokimiyat vakillarining takidlashicha, fojia daryoning xavfli joyida (Amazonka irmog'i) sodir bo'lgan. U erda qumli qiyalik chuqur jarliklar bo'lib, kuchli oqimni o'zida ushlaydi.
Malumot uchun, Jeronimo dos Santos MMAdagi faoliyati davomida o'ta og'ir vazn toifasi janglarida ishtirok etgan. U xususan, Aleksandr Emelyanenko, Sergey Xaritonov, Ivan SHtirkov, Vitaliy Minakov singari taniqli aralash yakkakurash ustalariga qarshi oktagonga chiqqan.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar