14 may 07:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC jangchisi sakkiz yilga qamaldi
Sobiq UFC jangchisi Dmitriy Sosnovskiyning 2019 yildagi jinoyati uchun hukm o'qildi.
Sobiq jangchi 2019 yilda bir guruh jinoyatchilar bilan Moskvada odam o'g'irlagan. Sud Dmitriyga sakkiz yarim yillik qamoq jazosini belgiladi.
Malumot uchun, Dmitriy Sosnovskiy MMAda o'n bitta jang qilib, barchasida g'alaba qozongan. UFC'dagi debyutini esa 2018 yilda o'tkazib, Mark Godbirni ikkinchi raundda mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar