So’nggi yangiliklar

13:29WBC Сергей Богачукни рейтингнинг биринчи поғонасига қайтаради 0 13:08Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов "чўкиш"да давом этмоқда 0 12:47ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади 0 12:26US Open. Жокович ўзидан тенг баробарга ёш рақибини ютди 0 12:05Алжамейн Стерлинг янгиланган рейтингда кўтарилди 0 11:44Хабиб Нурмагомедов: "Маддаленани анчадан бери кузатаман – унинг битта камчилиги бор" 0 11:23Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди 0 11:02Собиқ UFC жангчимиз Зарруҳ Адашев "ов"га қайтмоқда + ПОСТЕР 0 10:41Анкалаев – Чимаевга қарши жанг ҳақида: "Хуш келибсан!" 0 10:20US Open. Медведев қаторасига учинчи "Катта Дубулға" турнири стартидаёқ ютқазди 0 09:59Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир 1/2 финалчи аниқланади 0 09:38Рақамланган UFC 320 турнири карди яна бир жанг билан тўлдирилди 0 09:17Рамазон Темиров UFC допинг учун қандай чора кўра деган саволга жавоб берди 0 08:56Осиё крикет Кенгаши вакиллари Ўзбекистон крикет федерацияси фаолиятини муносиб баҳолади 0 08:35Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади 0

23 avg 17:05
Yangiliklar

Boks/MMA

Sobiq WBC chempioni: "O'zbekistonlik "Monstr" Kroufordni mag'lub etdi"

Hamyurtimiz Isroil Madrimov hamda mutlaq jahon chempioni Terens Krouford o'rtasidagi superjang hali hanuz ekspertlarning muhokamasiga sabab bo'lmoqda.

Jumladan, birinchi o'rta vazn toifasida sobiq vaqtinchalik WBC chempioni Sergey Bogachuk (24-2, 23 KO) ham vRINGe internet portaliga bergan intervyusida ushbu jangga munosabatini bildirgan. Ukrainalik bokschi R4R reytingi etakchisi — amerikalik Terens Krouford (41-0, 31 KO)ni 4 avgust tongida bo'lib o'tgan jangda mag'lubiyatga uchragandi deb hisoblamoqda.   

"Aytyapmanku, hakamlar Terensning g'alabasiga ortiqcha baho berib yuborishdi. Ha, konkret yuqori baho berildi. Vaholanki, u Madrimovga qarshi jangda amalda hech narsa qila olmadi. SHaxsan men bu jangda Isroil Madrimov g'alaba qozondi, deb bemalol ayta olaman. U Krouford aslida kim va qanday darajadagi bokschi ekanini ko'rsatib qo'ydi.  Terens taktikasi yo'q, faqat oldinga boraveradigan meksikaliklarga qarshi janglarda engil g'alabalarni qo'lga kiritib o'rganib qolibdi. Madrimov esa umuman boshqa boks maktabini ko'rsatib berdi. Oyoq harakatlari, raqibni yoniga chaqirib, kutilmagan xujumlar uyushtirish, doimiy djeb zarbalarini yo'llashi, Terens bu narsalarni kutmagandi. Agar Krouford shu jangini namoyish etsa, Saul Alvares uni shunchaki o'ldirib qo'yadi", - dedi Bogachuk.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing