05 noy 09:18
Yangiliklar
Tennis
Sobolenko WTA Yakuniy turniri 1/2 finaliga chiqdi
AQSHning Fort-Uort shahrida tennis bo'yicha yilning Yakuniy WTA turniri davom etmoqda.
Sayyoramizning ettinchi raqamli tennis malikasi Arina Sobolenko guruh bosqichini 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat bilan yakunladi. Belaruslik tennischi so'nggi turda dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Jessika Pegulani 6/3, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Arina o'zaro uchrashuvlardagi hisobni yanada yiriklashtirdi - 4:1. To'qson ikki daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 5, Pegula esa 1 ta eys zarbasini ijro etgan. Qo'shxatolar Arinada 8, Jessikada 5 ta bo'ldi. Pegula 3 ta mag'lubiyat bilan guruhda so'nggi o'rinni egalladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar