So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

21 fev 15:39
Yangiliklar

Tadbirlar

"Sog' tanda - sog'lom aql". "Olimpiya shon-shuhrati muzeyi"da maxsus tadbir tashkil qilindi

Teglar :  Muzey
Bugungi kunda yurtimizda sodir etilayotgan barcha sohadagi islohotlar qatorida maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilariga  qaratilayotgan alohida etibor eng dolzarb masala bo'lib turibdi.  

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning “2017-2021 yillarda maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”  PQ-27-07-sonli Qaroriga asosan maktabgacha talim tizimida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. SHu munosabat bilan 2018 yil 21 fevral kuni Olimpiya shon–shuhrati muzeyida maktabgacha talim muassasalari xodimlari bilan hamkorlikda “Maktabgacha talim yoshidagi bolalarni sportga qiziqtirishning samarali yo'llari” nomli tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad, o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning axamiyati qanchalik muximligini bildirish. Tadbirga yanada aniqlik kiritish maqsadida Toshkent viloyati CHirchiq Davlat Pedogogika instituti xuzuridagi Xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash markazining maktabgacha talim yo'nalishi,  maktabgacha talim jismoniy tarbiya yo'riqchilari, jismoniy tarbiya tinglovchilari,  barkamol avlod bolalar  markazi to'garak raxbarlari tinglovchilari xamda O'zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi azolaridan Engil atletika bo'yicha Paraosiyo o'yinlari va xalqaro turnir g'olibi Jasorat medali sohibi Miran Saxaatov, Engil atletika bo'yicha Yozgi paralimpiya o'yinlari oltin medal sovrindori Jasorat medali sohibi Doniyor Soliev  ishtirok  etdilar.  

Tadbir qiziqarli va mazmunli savol javoblarga boy bo'ldi. Bugungi tadbir “Sog' tanda sog'lom aql”   mavzusida o'tkazildi. Maktabgacha talim muassasasi xodimlarining yosh bolalar ayniqsa jismoniy va psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun jismoniy tarbiya va sportning axamiyati qanchalik zarurligi xaqidagi savollariga sportchilardan aniq javoblar oldilar. Olimpiya shon-shuhrati muzeyida bu kabi tadbirlarni o'tkazish ananaga aylangan. Muzey kelgusida “Bolalar kuni”, “Xalqaro Olimpiya kuni” ga bag'ishlab yangi loyixalar ishlab chiqmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing