So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

20 noy 12:17
Yangiliklar

Tadbirlar

Sog'lom turmush tarzi sari ilk qadam bolalikdan qo'yiladi

Bugun yurtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini jadal rivojlantirish, ayniqsa, yoshlarni ommaviy sportga jalb etish, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident farmoni bu borada muhim qadam bo'ldi.

Farmonga muvofiq, maktabgacha talim, umumiy o'rta, o'rta maxsus, oliy o'quv yurtlari hamda boshqa tashkilotlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug'ullanish uchun etarli shart-sharoitlar yaratish alohida belgilab qo'yilgan.

Mazkur farmon asosida ilk marta O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi tashabbusi bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha talim vazirligi hamda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) hamkorligida maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilari, yani jajji bolakaylarning sport bilan shug'ullanishlari uchun zamonaviy Begovellar (bolalar uchun pedalsiz velosipedlar) bilan taminlash, «O'zbekistonda birinchi bolalar velopoygasi»ni o'tkazish bo'yicha Memorandum imzolandi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, mamlakat velosiped sporti federaciyasi raisi Tanzila Norboeva, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Maktabgacha talim vaziri Agrippina SHin hamda EXHTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori, janob Jon Makgregorlar ishtirok etishdi.

Rasmiylar yangi tashabbusning mamlakatimizda ommaviy sport targ'iboti yo'lida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi haqida iliq fikrlar bildirishdi. SHundan so'ng tashkilotlar o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumdan ko'zlangan asosiy maqsad – yosh bolalarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug'ullanishga shart-sharoit yaratishni keng yo'lga qo'ygan holda respublikamizning barcha hududlaridagi maktabgacha talim muassasalarini bosqichma-bosqich Begovellar bilan taminlash, tomonlar o'rtasida o'zaro samarali hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash uchun zamin yaratish, bugungi kunda yurtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirishdan iborat.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing