21 noy 15:25
Yangiliklar
Boshqalar
So'nggi kunning ilk medalini jiu-jitsuchimiz taqdim etdi
O'zbekiston sport delegaciyasi VI Islom birdamligi o'yinlarining so'nggi kunidagi ilk medaliga ega chiqdi.
Jiu-jitsu musobaqasining -62 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida ishtirok etgan Sarvarbek Rahmonberdiev bronza medalini qo'lga kiritdi. Terma jamoamiz azosi uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Qirg'iz Respublikasi sportchisini mag'lub etib, bronza medali sohibiga aylandi.
Rahmonberdiev 1/8 finalda ozarbayjonlik Maqsudxan Gulu-zadani 14:2, 1/4 finalda BAA vakili Muhammad Ajajni 50:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Yarim finalda 0:50 hisobida amirlik Xaled Alshehhiga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa qirg'izistonlik Taalaybek Bayshevni 11:4 hisobida engdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar