05 fev 09:54
Yangiliklar
Sonnen o'zbekistonlik sportchi qatnashadigan TUF 33 shousida kimlar murabbiy bo'lishini ochiqladi
Uning tarkibidan mashhur murabbiy Kleyton Xayrs, taniqli dietolog Mayk Dolche, sobiq jangchilar Vinni Magalyayns va Kolbi Kovington o'rin olgan. Dekabr oyida Magalyayonsning qurolli jinoyat uchun sudga tortilayotgani xabar qilingan edi.
"Kleyton Xayrs bosh murabbiy bo'ladi. U mening ustozim. Kleyton hech qachon mening yordamchim bo'lmaydi. U boshliq bo'ladi. Mening formamda "Team Clayton" deb yozilgan. Yordamchilar men va Stiv Kovboydan iborat bo'ladi. Mayk Dolche odatdagidek qiladigan ishini bajaradi, yani bu yigitlarga vazni, ovqatlanishi bo'yicha bilimlari bilan yordam beradi.
Kolbi Kovingtonni ham olaman – Kolbi jangga kirishadi", dedi Sonnen.
Malumot uchun, TUF 33 shousida o'zbekistonlik Furqatbek Yoqubov ham qatnashadi.
Fikrlar