10 fev 10:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Spens va Ugas o'rtasida uchta kamar uchun kechadigan jangning aniq sanasi malum bo'ldi
Yarimo'rta vazn toifasida WBC va IBF chempioni Errol Spens o'z Instagram sahifasiga yarimo'rta vaznda WBA chempioni Yordenis Ugas bilan jangning aniq sanasi va manzili malum bo'lgani haqida post joyladi.
Spensning so'zlariga ko'ra, jang 16 aprel sanasida Arlington (AQSH)dagi AT&T Stadiumda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Spens so'nggi jangini 2020 yil dekabr oyida sobiq jahon chempioni Denni Garsiyaga qarshi o'tkazib, ochkolar evaziga g'olib bo'lgan. O'tgan yozda u ettita vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao bilan jang qilishi kerak edi, ammo sog'ligidagi muammolar sabab jangni bekor qilishga majbur bo'lgan edi. Uning o'rniga Ugas Pakyao bilan jang o'tkazdi va ochkolar evaziga g'olib bo'lib, WBA kamari sohibiga aylandi. Bu jang filippinlik bokschi uchun so'nggi 25 oy ichidagi ilk jang edi. Jangdan keyin, Pakyao boksdagi kelajagi haqida o'ylashi kerakligini aytgan edi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar