So’nggi yangiliklar

11:47Таэквондо бўйича Лондон-2012 Олимпиадаси совриндори яна UFC билан шартнома имзолади 0 11:06Богдан Гусков: "Мен Анкалаевга мухлислик қилганман" 0 10:29Романо Возиньянинг янги клуби номини маълум қилди 0 09:50Фьюри Паттайядаги бокс оқшомида Вахни техник нокаут эвазига мағлуб этди 0 09:02Ёш синхрон сузувчиларимиз Осиё чемпионатини сермаҳсул ўтказишмоқда 0 19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0

15 iyu 08:12
Yangiliklar

Bolalar sporti

Sport anjomlari karvoni maktablarga yo'l oldi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi doirasida Surxondaryo viloyati hokimligi 921 ta umumtalim maktabiga qariyb 250 million so'mlik 8 turdagi sport anjomlarini tarqatdi.

Yoshlarni jismonan chiniqtirib, sog'lom kamolga etkazish va ularning sport sohasidagi qobiliyatini keng namoyon etishi uchun zarur bo'ladigan anjomlar orasida futbol, voleybol to'plari, stol tennisi, boks qo'lqopi, shaxmat-shashka to'plamlari ham mavjud.

photo_2020-06-11_20-36-42.jpg

Viloyatda 5 ta muhim tashabbus ijrosini taminlash yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilib, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib etish, ularning manaviyatini yuksaltirish, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish ko'nikmalarini mustahkamlashga alohida etibor qaratilmoqda. Yigit-qizlarni jismonan chiniqtirib, ularning sport sohasidagi qobiliyatini keng namoyish etishi uchun zarur sharoit yaratilayotir. Jumladan, viloyat hokimligi va O'zbekiston Islom akademiyasi yaqinda umumtalim maktablariga 136 million so'mlik 9 nomdagi 8 mingdan ortiq diniy-marifiy mazmundagi kitoblarni tuhfa qilgan edi.

photo_2020-06-11_20-36-47.jpg

Vohadagi umumtalim maktablariga teng miqdorda taqsimlangan sport anjomlari karvoni viloyat xalq talimi hamda jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari vakillari hamrohligida Termiz shahridan belgilangan manzil tomon yo'l oldi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing