So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

28 fev 17:00
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

Sport bayrami yuqori saviyada o'tdi

Olmaliq shahrida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostidagi respublika spartakiadasining Toshkent viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.


SHu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, sport bilan muntazam shug'ullanish uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga qaratilayotgan alohida etibor yuksak samaralar berayotgani takidlandi.

Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan hududdagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan xodimlarni sportga keng jalb etish, ularni kasb kasalliklaridan sport hamda sog'lom turmush tarzi yuritish orqali muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan spartakiadada 350 dan ortiq ishtirokchi sportning olti turi bo'yicha o'zaro bahslashdi.

– Har bir sport turi bo'yicha o'tkazilgan bahslarda muxlislarning ishtirokchilarni faol qo'llab-quvvatlagani musobaqalarning yanada qizg'in kechishiga yordam berdi, – deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi SHavkat Sobirov. – Ushbu musobaqa xodimlar salomatligini mustahkamlash, ularda ish samaradorligini oshirish bilan birga, hududlarda sportning yanada ommalashuviga xizmat qilmoqda.

Stol tennisi, badminton, suzish, shaxmat-shashka bo'yicha erkaklar o'rtasida Jahon Abdurazzoqov, Sergey Mo'minov, Aleksey Varavin, Nusrat Jumaev, Rahmatjon Toshmatov, ayollar bahsida Irina SHoahmedova, Elvira Yusupova, Feruza Deniteva, SHahnoza Isroilova, Svetlana Murashkevich g'oliblikni qo'lga kiritdi. Xotin-qizlar o'rtasida o'tkazilgan voleybol musobaqasida Olmaliq shahri jamoasi bekobodlik raqiblaridan ustun kelib, birinchi o'rinni egalladi.

Musobaqada “Eng yoshi ulug' ishtirokchi”, “Eng mahoratli havaskor sportchi”, “G'alabaga bo'lgan intilishi uchun”, “Eng yosh ishtirokchi” nominaciyalari bo'yicha ham g'oliblar aniqlandi.

Ikrom Avvalboev, O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing