15 noy 09:26
Yangiliklar
![](/upload/storage/48639_220.jpg)
Sport komissiyasi Xabib va Konorga murojaat qildi
Sport komissiyasi har ikki sportchini shtat prokurori guvohligida yarashib olishga chaqirdi. Bu taklifni Nevada shtati Sport komissiyasi raisi kecha bo'lib o'tgan yig'ilishda ilgari surgan.
Bosh prokurorning aytishicha, agar Konor va Xabib o'zaro kelishib olmasa, u holda ularning har ikkisi 10 dekabr kuni bo'lib o'tadigan yig'ilishda hozir bo'lishlari shart. Hech qanday telefon muloqotiga yo'l qo'yilmaydi. Yig'ilishda Makgregor va Nurmagomedov o'rtasidagi jang keyingi voqealar muhokama qilinadi va o'sha kunning o'zida hukm o'qiladi.
Eslatib o'tamiz, UFC 229 turniridagi holat bo'yicha Makgregorning murabbiyi Dillon Danis, Nurmagomedov jamoasi vakillari Abubakar Nurmagomedov va Zubayra Tuxugov nomalum muddatga UFCdan chetlatilgan.
Fikrlar