28 okt 22:43
Yangiliklar
Sport kurashlari bo'yicha Jahon chempionatida uch nafar hamyurtimizdan ikkisi mag'lub bo'lib ulgurdi
Uch kun davom etadigan musobaqada O'zbekiston terma jamoasining uch nafar azosi ishtirok etishi haqida xabar bergandik.
Turnirning ilk kuni doirasida yunon-rum kurashi ustalari — Abdullo Aliev (72 kg) hamda Jalgasbay Berdimuratov (82 kg) gilamga chiqdi.
Aliev saralash bosqichida qirg'izistonlik Iriskeldi Xamzaevni 2:1, nimchorak finalda moldovalik Mixay Petichni 7:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. CHorak finalda esa Abdullo Franciya vakili Ibrahim Mahmud Ganemga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Jalgasbay Berdimuratov esa saralashda armanistonlik Karen Xachatryanni 6:0, nimchorak finalda qozog'istonlik Evgeniy Polivadovni 9:0 hisobida dog'da qoldirdi. Vengriya vakili Erik Szilvassiga qarshi chorak final bahsida esa hamyurtimizga omad etishmadi — 1:6.
Endilikda ularning raqiblari finalga yo'l olgan taqdirdagina vakillarimiz o'tish bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.
Malumot o'rnida, musobaqaning erkin kurash bahslarida 79 kg vaznli Mirzo Hayitov O'zbekiston sharafini himoya qiladi.
Fikrlar