20 sen 15:11
Yangiliklar
Kurash

Sport kurashlari. Yosh polvonimiz jahon chempionatining kumush medaliga ega chiqdi
Slovakiyada sport kurashlari bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Unda o'zbekistonlik yosh sportchilar ham ishtirok etishmoqda.
-67kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Mahmud Bahshulloev finalgacha etib bordi va kumush medalga ega chiqdi.
Mahmud musobaqa davomida Eron, Qozog'iston, Janubiy Koreya va Misr terma jamoalari sportchilarini mag'lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi jangda esa armanistonlik raqibga imkoniyatni boy berib qo'ydi va yakunda kumush medal bilan kifoyalandi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar