25 dek 17:17
Yangiliklar
Bolalar sporti
Sport maktabida 2 ming 700 nafar yosh mahoratini oshirmoqda
Buxoro viloyati Olot tumanidagi bolalar va o'smirlar sport maktabida milliy kurash, voleybol, shaxmat-shashka, muaytay kabi sport turlari bo'yicha mashg'ulotlar yo'lga qo'yilgan.
Zamonaviy talablar asosida jihozlangan maskanda 2 ming 700 nafar yosh mahoratini oshirmoqda. Ularning 670 dan ziyodi qizlardir. Murabbiylar tomonidan olib borilayotgan mashqlarda toblanayotgan yoshlar mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.
Havola :
Manba : UzA
Fikrlar