So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

21 iyu 18:42
Yangiliklar

Bolalar sporti

Sport maktabida sanitariya va gigienaga qatiy amal qilinadi FOTOREPORTAJ

Teglar :  KarantinQashqadaryo
Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli barcha sport talim muassasalarida karantin paytida dezinfekcion holatni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyat jismoniy tarbiya va sporti boshqarmasi tasarrufidagi CHiroqchi tuman 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida ham karantin choralariga qatiy amal qiliniayotganiga guvoh bo'lishingiz mumkin.  

Sport maktabiga kirish va chiqish joyida  qulay va talabga mos zararsizlantiruvchi “dezinfekciya tunneli” o'rnatilgan. SHuningdek, kirish yo'lagida pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfekcion “tushak”lari bilan taminlangan.

Bunday choralar bir tomondan koronavirus infekciyasining keng tarqalashini oldini olishga, sport maktabi xodimlari va tarbiyalanuvchilarining karantin davrida salomatligi muhofazasini qatiy taminlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.  

– Hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bilan hamkorlikda karantin tartib-qoidalariga amal qilinmoqda, - deydi  CHiroqchi tuman 1- BO'SM direktori Farhod Jumanov. – BO'SMda mavjud binolarimiz dezinfekciya qilinmoqda, kirish va chiqish joylarda kerakli  dezinfekciya vositalari bilan taminlangan.  Har bir ishchi-xodimlarimizni tibbiy niqob va tibbiy qo'lqoplardan foydalanishi, ularni tana haroratlarini ham o'lchab, sanitariya va gigiena qoidalariga to'liq rioya qilingan holatda faoliyat olib bormoqdamiz.   

Aytish joiz, ayni paytda CHiroqchi tumanidagi mazkur 1-BO'SMda 2860 nafar o'g'il-qizlar bo'lib, ularga 60 nafar trenerlar ustozlik qilishadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing