So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

13 apr 07:29
Yangiliklar

Bolalar sporti

Sport maktablariga Prezident sovg'asi - sport anjomlari topshirildi

Buxoro shahridagi “Semurg'” sport majmuasida viloyatdagi bolalar-o'smirlar sport maktablariga Prezidentimiz tomonidan sport anjomi va jihozlari bilan taqdirlash to'g'risidagi sertifikatlar topshirildi.

Tantanali marosimda viloyat hokimining birinchi o'rinbosari F.Umarov, Buxoro shahri hokimi K.Kamolov va boshqalar mamlakatimizda sportni rivojlantirish, jumladan, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga alohida etibor qaratilayotganini takidladi. 

Prezidentimiz raisligida joriy yil 19 mart kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida yoshlarga bo'lgan etiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, sanat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga alohida urg'u berildi.

2.JPG

Ilgari surilgan ikkinchi tashabbusda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sport inshootlari quvvatini oshirishga qaratilgan dastur doirasida yaqin 2 yilda har bir tumanda engil konstrukciyali sendvich panelli kichik sport zallari qurish belgilangan. Buxoro viloyatidagi bolalar-o'smirlar sport maktablari 2018 yilgi musobaqalarda erishgan natijalari uchun Prezidentimiz tomonidan sport anjom va jihozlari bilan taqdirlanishi ham ushbu tashabbus doirasidagi amaliy ish sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Viloyatda ayni paytda 14 ta bolalar-o'smirlar sport maktabi, 7 ta olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 4 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Buxoro ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati faoliyat ko'rsatmoqda. Ularda 19 ming 480 dan ziyod yoshlar sport bilan muntazam shug'ullanmoqda. 

O'tgan yili viloyat sportchilari yoshlar olimpiadasi, jahon paralimpiya musobaqalari, jahon chempionatlari va birinchiliklari, barcha turdagi Osiyo bellashuvlari, xalqaro turnirlarda 66 ta oltin, 40 ta kumush va 51 ta bronza medalini qo'lga kiritgan. SHuningdek, viloyat sportchilari mamlakat chempionati, kubogi va turnirlari bellashuvlarida 1 ming 65 ta sovrinli o'ringa sazovor bo'lgan.

Prezidentimiz tomonidan sport maktablariga ajratilgan qariyb 3,6 milliard so'mlik 333 turdagi 9 ming 151 dona sport anjom va jihozi yoshlarni sportga yanada keng jalb etish, ular orasidan istedodlilarni kashf qilish va mahoratini oshirishda keng imkoniyat yaratadi.

3.JPG

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing