So’nggi yangiliklar

17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0 12:08Сувга сакраш бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилмоқда 0

26 mar 12:00
Yangiliklar

Boshqalar, Futbol, Bolalar sporti

Sport maskaniga bir nazar

Teglar :  SportFutbolNamangan
Namangan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi 20-sonli futbol (sport) Davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim maktab- internati viloyat markazidan biroz olisda, aniqrog'i, Uchqo'rg'on tumanida joylashgan.

Tuman markazidagi “Sanoat” mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi mazkur maktab-internati 2002 yilda ko'p tarmoqli sport yo'nalishidagi iqtidorli maktab – internati sifatida ishlab boshlagan bo'lsa. 2009 yilga kelib, hozirgi nom ostida faoliyat yuritib kelmoqda. 

Sportning futbol, boks, belbog'i kurash, kurash va erkin kurash yo'nalishlarida tahsil olayotgan 264 nafar o'g'il bolalardan iborat sportchi-o'quvchilar uchun maktabda sharoitlar etarlicha. 

Mashg'ulotlar uchun sport zallari va maydonchalar, har bir fan uchun alohida jihozlangan sinf xonalar, oqatlanish uchun oshxona, yotoqxona, xullas barchasi badastir. 

Tajribali 18 nafar fan o'qituvchilari, 12 nafar sport murabbiylari qo'l ostida talim-tarbiya olayotgan o'quvchilar mashg'ulotlarga zo'r ishtiyoq bilan kirishayotgani bois, turli fan va sport yo'nalishlarida tashkil etilayotgan mamlakat miqyosidagibellashuvlarda sovrinsiz qaytishmayotgani quvonarli. 

Maktab mamuriyatining bizga bergan malumotiga ko'ra, har yilgi o'quv mavsumida yoki tatil paytlarida belgilangan rejaga muvofiq o'tkazilayotgan musobaqalarda maktab-internatda mavjud sport turlari bo'yicha o'quvchilarning kuchli uchlikda bo'lgani tahsinga loyiq. 

Keling, shu o'rinda birgina o'tgan 2017 yil hamda joriy yilning uch oyida davomida erishilgan muvaffaqiyatlardan ayrimlarini fikrimiz isboti sifatida misol keltirsak. 

Demak, o'tgan yilning 17-22 mart kunlari Qozog'iston davlatining SHardara viloyatida boks bo'yicha tashkil etilgan xalqaro turnirda uch nafar  o'quvchi uchta bronza medali, 12-15 may kunlari CHimkent shahrida 2001-2002yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida boks bo'yicha jahon kubogida ikkita o'quvchi oltin va kumush medalga egalik qilgan.

May oyida Termiz shahrida O'zbekiston kubogi bahslarida (boks) bronza medali, noyabrda Sirdaryo viloyati SHirin shahrida o'tgan boks bo'yicha mamlakat ochiq birinchiligida 1 ta oltin, 2ta kumush, 3 ta bronza medali qo'lga kiritildi. 

2018 yil 28 fevral – 2 mart kunlari Rossiyaning Magadan shahrida boks bo'yicha 2002-2003, 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tgan xalqaro turnirda ishtirok etgan Fazliddin Erkinboev barcha raqiblarini engib, faxrli birinchi sohibiga aylangani boksning maktab-internatda yaxshi yo'lga qo'yilganidan dalolat.  

Futbol bo'yichainternat jamoasi ham bir qator sovrinlarga ega chiqishgan. Jumladan, 2017 yil 26 aprel - 2 may kunlari Buxoro viloyati, Buxoro tumanida futbol bo'yicha Respublika ochiq turnirda uchinchi o'rin va bronza medali, 29 iyul - 3 avgust kunlari Jizzax shahrida 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi ochiq turnirda ikkinchi o'rin va kumush medal, 3-7 dekabr kunlari Andijon shahrida o'tgan viloyat ochiq birinchiligida uchinchi o'rin va bronza medallari maktab-internatiga olib kelingan. 

Kurash turlariga oshno o'quvchilar ham medal to'plashda ortda qolmayotganliklarini ko'rish mumkin. 2017 yil 15-17 avgust kunlari Namangan shahrida erkin kurash bo'yicha viloyat birinchiligida 2 ta kumush, 1 ta bronza, noyabr oyida Toshkent viloyati Keles shaharchasida kurash bo'yicha xalqaro turnirda bronza medali, 4-5 dekabr kunlari Uychi tumanida 2004-2006 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Kanstituciyasining 25 yilligi munosabati bilan o'tgan viloyat ochiq birinchiligida 2 ta oltin, 3 ta bronza. 2018 yil 9-10 yanvar kunlari Toshkent shahar Mirobod tumanida kurash bo'yicha 1998-2000 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida mamlakat ochiq turnirida 1 ta oltin, 1 ta kumush medallari qo'lga kiritilgan. 

Bu kabi natijalarni yana bir qanchasini ko'rsatish mumkin, biroq biz shu o'rinda 2017 yil sarhisobi bo'yicha maktab-internat sportchi-o'quvchilaring quyida jami qo'lga kiritgan medallariga etibor qaratish bilan kifoyalandik.

Oltin medallar – 34 ta, kumush medallar - 59 ta, bronza medallar - 79 ta. 

SHuningdek, o'quv-tarbiyaviy, manaviy-marifiy ishlar jarayonining ham talab darajasida tashkil etililishi, kitobxonlik, o'quvchilarning fan va sport to'garaklarida faol ishtiroki, mazali va kaloriyaga boy to'yimli ovqat bilan taminlanishi, sanitariya-gigiena holatlari yaxshi bo'lishi kabi ishlar maktab- internati direktori Ikromjon Abdurasulov rahbarligidagi jamoaning diqqat markazida. “Oila, mahalla, maktab” hamkorligi markazi tashkil etilgani va bu markazda jamoatchilik kengashi ishtirokida muammo va kamchiliklar muhokama qilinadi, o'quv-tarbiyaviy jarayonlarni kuchaytirish borasida takliflar o'rtaga tashlanadi.  

Maktabda bayram sanalari shunchaki o'tmaydi. O'qituvchi va murabbiylar shogirdlari ishtirokida har bir bayramga o'zgacha tayyorgarlik ko'rib, uni ko'taringki ro'hda o'tkazishi odat tusiga kirganligi ham o'quvchi-yoshlarning manaviyati boyishiga xizmat qiladi. 

Olimpiada chempionlari, Osiyo va jahon chempionati sovrindorlarini maktabga taklif etilishi va master klasslar tashkil etilishi o'quvchilarni havasini oshirishga turki bo'layotganini sezish mumkin. Yaqinda shunday chempion bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda mehmon 23 yoshgacha o'smirlar o'rtasida osiyo chempioni Odilbek Xamrobekov hamda 97 yoshli futbolning ashaddiy muxlisi Hakimjon ota Dadajonov edi. 

Maktab o'quvchilarning xursandchilikdan porlagan ko'zarini ko'rsangiz. Har birining ongu-shuurida bir niyat - kelajakada yaxshi inson bo'lib, shu vatan uchun munosib xizmat qilish, chempion bo'lib, Yurtni ulug'lash. 

“Maqtayapti demangu, ushbu talim maskanidagi eko olamni ko'rgan kishini havasi ortishi haqiqat. Har bir sinfxona va karidorlar raxiga qo'yilgan va mehr bilan parvarishlanayotgan xona gullari go'yo gulzorga monand. Hovlidagi gulzorgaku gap yo'q. Ayni bahorda yanayam jozibali. Boz ustiga mo'jazgina issiqxona va limonlar sap-sariq bo'lib pishgan. Hovlining kun botish tomonining bir yonida sigir-buzoqlar, bir yonida qo'y-qo'zi va tovuqlar boqiladi. Bu o'quvchilarimizning rizqi”, - deydi tinib-tinchimas, tashabbuskor rahbar Ikromjon Abdurasulov. 

Ha, to'g'rida, maktab ehtiyoji uchun maktabning bo'sh to'rgan tomarqasidan unumli foydalinish koni foydaku? Axir bugunning dalzarb talablaridan biri ham shu emasmi? Ammo bu kabi dehqonchilik, chorvachilik va parrandachilik singgari xo'jalik ishlari maktabda ancha yil oldin yo'lga qo'yilganiga ota-onalar, shu ko'chadan o'tayotgan yo'lovchilar rahmat aytayotgani ham rost bo'lsa kerak? 

Xullaski, bizning nazarimizda maktab-internatida ishlar ko'ngildagidek, biroq hali qilinishi kerak bo'lgan ezgu-amallar bisyordir. Lekin shunisi ham ayonki, maktabning ahil va inoq jamoasi “Olma pish, og'zimga tush” qabilida emas, balki bugunning talabi bilan olg'a qadam tashlayotgani aniq.


Ilhom Rahmonov tayyorladi, o'z muxbirimiz                          

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing