16 apr 11:41
Yangiliklar
Tadbirlar
Sport – salomatlik garovi!
Farg'ona shahridagi Istiqlol stadionida ommaviy sport tadbiri o'tkazildi.
Farg'ona shahridagi «Istiqlol» stadionida sog'lom turmush tarzi targ'ibotiga bag'ishlab o'tkazilgan ommaviy sport tadbiri doirasida Farg'ona viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasiga qarashli tibbiyot muassasalarining 5 mingdan ortiq xodimi yugurish, faol yurish va velosayrda ishtirok etdi.
- Bunday ommaviy tadbirlardan maqsad aholi, jumladan, yoshlarni bevosita jismoniy tarbiya va sportga jalb etishbarobarida faollikni kundalik turmush tarziga aylantirishdir, - dedi Farg'ona viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i Odiljon Umarov. - Har hafta tashkil etilayotgan shunday ommaviy tadbirlarda men ham faol qatnashib kelmoqdaman.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar