17 iyu 17:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Sport shifokori Makgregorning so'zlariga ishonmadi
Sport shifokori Rajpal Brar ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning Dastin Pore bilan jang oldidan oyog'idan jarohat olganini haqida aytgan so'zlariga fikr bildirdi.
Makgregor Porega qarshi jangning birinchi raundida oyog'ini sindirdi va mag'lubiyatga uchradi.
"Agar siz allaqachon oyog'ingizdan xavotirda bo'lsangiz va uni sindirish xavfi oshgan bo'lsa, nega bu oyoqni kalf-kik zarbalar uchun ishlatishga etiborni qaratdingiz? Ayniqsa, bunday zarbalar haqida gap ketganda, Konor kabi jangchini nisbatan yangi deb atash mumkin. Bunda zarbalarning aniqligi pasayadi va bu xavfni oshiradi.
Buni UFC va ularning tibbiyot bo'limi boshlig'i Konorga bunday vaziyatda jang qilishiga imkon berib, o'z vakolatlarini suistemol qilganligini hisobga olib, men uning izohlariga ishonolmayman", - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar