06 dek 14:27
Yangiliklar
“Sport vaziri kubogi” uchun musobaqa bo'lib o'tadi
Jumladan, Toshkent shahridagi talim muassasalari (8-9 va 10-11 sinf) o'quvchilari hamda 505 ta mahalla fuqarolari (18-30 yoshgacha bo'lgan erkak va ayollar) o'rtasida “O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi” uchun sport musobaqalari va sog'lomlashtirish tadbirlari bo'lib o'tadi.
Mazkur tadbirlarda sportning 5 ta turidan (basketbol, badminton, voleybol, stol tennisi va mini futbol) jami 22 000 nafarga yaqin hamyurtlarimiz (shundan 14 000ga yaqini yoshlar) ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Malumot uchun, musobaqalar 10 dekabrdan 25 dekabrga qadar 3 ta bosqichda o'tkaziladi. Bugungi kunda tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limlari tomonidan jamolarni shakllantirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Fikrlar