04 iyu 10:50
Yangiliklar
Dzyudo

Sport vaziri, MOQ rahbariyati Osiyo kubogida shohsupaga ko'tarilgan yosh dzyudochilarimizni taqdirladi + FOTOGALEREYA
Ayni kunlarda Qozog'istonning Olmaota shahri dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda.
Ushbu shaharda bo'lib turgan O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari rahbariyati mazkur musobaqaning final bellashuvlariga tashrif buyurdi.
Rasmiylar hal qiluvchi bahslarni tomosha qilib, unda ishtirok etgan yurtdoshlarimizni qo'llab-quvvatlashdi. Taqdirlash marosimida qatnashib, yosh dzyudochilarimizni erishgan muvaffaqiyatlari bilan qutlashdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar