So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

09 apr 17:08
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

Sport vazirligidan yana bir yangi akciya! Bu safar o'zgacha!

Ilk bor yurtimizda kibersport - kompyuter sporti bo'yicha "MINSPORT ONLAYN KUBOGI" musobaqasi tashkil etilmoqda.

Ushbu musobaqa bugungi karantin davrida xalqimizning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Esports Uzbekistan Federaciyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Musobaqa joriy yil 14-30 aprel kunlari bo'lib o'tadi.

Eng muhimi, ushbu kibersport musobaqasi to'liq onlayn rejimda o'tkaziladi va unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Musobaqa #UydaQolibO'yindaBo'ling chellenji ostida tashkil etilib, unda 6 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan barcha yurtdoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin .

Musobaqa quyidagi 3 ta yunalishda bo'ladi:

1. "FIFA20";
2. "Clash Royale";
3. "Victory The Age of Racing"

Musobaqaning umumiy sovrin jamg'armasi 65 000 000 so'mni tashkil qiladi.

Yo'nalishlar bo'yicha mukofot jamg'armasi quyidagicha taqsimlanadi:

"FIFA 20" – 30 000 000 so'm (1-5-o'rinlar taqdirlanadi);

"Clash Royale" – 20 000 000 so'm (1-5-o'rinlar taqdirlanadi);

"Victory The Age of Racing" – 15 000 000 so'm (1-5-o'rinlar taqdirlanadi).

Musobaqada qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tiladi: https://forms.gle/nRQA5hCdzueojwgV8

SHoshiling, ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati esa 14 aprel, soat 23:00 etib belgilangan.

Musobaqa taqvimi kuyidagicha:

- 15-22 aprel, guruh bosqich o'yinlari;
- 23-28 aprel, pley-off bosqich o'yinlari;
- 29 aprel, 3-o'rin uchun bahslar;
- 30 aprel kuni esa "MINSPORT ONLAYN KUBOGI" musobaqasining hal qiluvchi final o'yinlari bo'lib o'tadi.

Musobaqa doirasidagi markaziy o'yinlar Esports Uzbekistan Federaciyasining Youtubedagi kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri translyaciya qilinadi.

Qo'shimcha malumotlar bilan vazirlikning www.minsport.uz rasmiy sayti
va @minsport telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

Kibersport onlayn musobaqasida ishtirok eting va g'olib bo'ling!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing