So’nggi yangiliklar

11:47Таэквондо бўйича Лондон-2012 Олимпиадаси совриндори яна UFC билан шартнома имзолади 0 11:06Богдан Гусков: "Мен Анкалаевга мухлислик қилганман" 0 10:29Романо Возиньянинг янги клуби номини маълум қилди 0 09:50Фьюри Паттайядаги бокс оқшомида Вахни техник нокаут эвазига мағлуб этди 0 09:02Ёш синхрон сузувчиларимиз Осиё чемпионатини сермаҳсул ўтказишмоқда 0 19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0 17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0

22 may 14:18
Yangiliklar

Bolalar sporti

Sportga oshno SHahrisabz yoshlari

Jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan ommaviylikni taminlashda, yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli va foydali o'tishida, qolaversa, istedodlar kamol topishida bolalar-o'smirlar sport maktablarining o'rni tahsinga loyiq.

Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi SHahrisabz shahar bolalar-o'smirlar sport maktabida ham 620 nafar o'g'il-qizlar sportning erkin kurash, sport gimnastikasi, taekvondo (WTF), karate (WKF), dzyudo, badminton, ushu, sambo, kurash  turlari bo'yicha Akbar Zokirov (engil atletika, Nomoz Nazarov (kurash), Ilhom Murodov (kurash), SHernazar Daminov (sambo), CHaros Abdullaeva (taekvondo), Nurbek Arslonov (taekvondo) kabi 16 nafar nafar malakali murabbiylar qo'l ostida mashg'ulotlarga zo'r berishgan.

Yuqorida takidlaganimizdek, avvalo  ushub sport maktabidagi bolalarning bo'sh vaqti mazmunli o'tmoqda, qolaversa, ular orasidan chempionlikka davogar iqtidorli sportchi-o'quvchilar saralanmoqda. Sport maktabida yaratilgan qulay shart-sharoitlardan unumli foydalangan tarbiyalanuvchilar tomonidan birgina o'tgan yilning o'zida qo'lga kiritilgan yuqori natijalardan ko'rinadiki, irodali, istedodli o'quvchilar ko'pchilikni tashkil etadi. 

Misol uchun, o'tgan yilnig o'zida 70 nafar BO'SM tarbiyalanuvchilari viloyat  bellashuvlarida kuchli uchlikdan joy olishga muvoffaq bo'lishgan. Kurashda ikki nafar, boksdan bir, karatedan uch, sambodan etti, ushudan o'n nafar sportchi-bolalar O'zbekiston chempionati va kubok bellashuvlarida shohsupadan joy olishga erishishgan.

Kurash sport turi bo'yicha murabbiy Ilhom Murodovning shogirdlaridan Kamoliddin Rasulov Turkmanistonning Ashxobod shahri mezbonlik qilgan yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida terma jamoa tarkibidi ishtirok etib, faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritgan va oltin medalga sazovor bo'lgan. 

O'sha yili dekabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida kurash bo'icha jahon chempionatida ham barcha raqiblarini engib, oltin medalni naqd qilgan. 2018 yil dekabr oyida dzyudo bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston kubogi musobaqasida birinchi o'rinni egallagan. 

2019 yilning birinchi choragi davomida ham bir qator yuqori natijalar qayd etilganiga guvoh bo'lish mumkin. O'zbekiston chempionatlarida engil atletika bo'yicha  uch nafar sportchi oltin, to'rt nafari kumush, bir nafari bronza medallarini qo'lga kiritgan. 

Sambochilar esa, bitta oltin, uchta bronzaga egalik qilishgan. Viloyat musobaqalarida sakkizta oltin, sakkizta kumush va o'n ettita bronza medallarini jamg'arishga erishgan.   BO'SMda mavjud sport turlaridan  rejaga muvofiq ochiq birinchiliklarning tashkil etilishi, o'g'il-qizlar uchun amaliy jihatdan sinov maydoniga aylayotgani bor gap.

Xullas, natijalarni yanayam davom ettirish mumkin. Lekin asosiysi, bolalarning jismoniy tarbiya va sportga befarq emasligida, sportga oshno bo'lib, o'zida bo'lan qobiliyatlarini mashg'ulotlar orqali yuzaga chiqarayotganida va  hali o'smirligidayoq, balog'at ostonasiga etib, etmay YURTni ulug'lashga intilayotganida.

Sport maktabida rejaga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi PQ-2821- sonli “O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI  Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida”gi Qarori ijrosini taminlash maqsadida sporchi-o'quvchilarimiz tayyorgarligini yanada yaxshilash, kerakli shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan ustuvor vazifalar aniq belgilab olingan. Sportchilarni jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida o'quv-yig'in mashg'ulotlari tashkil etilmoqda.

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori, 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog'lom turmush tarzini qo'llab-qo'vvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-4063-sonli Qarori ijrolarini taminash yuzasidan ham bir sport maktabining barcha ishchi-xodimlari, murabbiylari va tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi ommaviy badantarbiya mashg'ulotlarini tashkil etish har kungi odat tusini oldi. 

Prezidentimizmiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar manaviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha beshta muhim tashabbusni BO'SM o'g'il-qizlari orasida targ'ibot-tashkivot qilish, ayniqsa, beshta tashabbusda ko'zda tutilgan vazifalar bo'yicha BO'SM mutasaddilari tomonidan alohida ahamiyat qaratilmoqda. 

Husan YUSUPOV, SHahrisabz shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori: 

- Jismoniy tarbiya va sportni, xususan bolalar sportini rivojlantirish asosiy vazifamiz sanaladi. BO'SMda mavju sport turlari bo'yicha mashg'ulotlarga zo'r bergan o'g'il-qizlarimiz orasida istedodli, metin irodali sportchilar ko'pchilikni tashkil etadi. Maqsadimiz, selekciya ishlari orqali yanayam istedodli yoshlarni jalb etib, ularning mahoratlarini oshirib borish va katta sport sari yo'naltirish, mamlakat terma jamoalariga munosib izdoshlarni etkazib berishdan iborat.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing