So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

30 noy 07:44
Yangiliklar

Bolalar sporti

Sportni rivojlantirish uchun ajratilgan mablag' maqsadsiz sarflanyapti

Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasining 2018 yil III choragida amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi vazifalariga bag'ishlangan Jamg'armaning kuzatuv kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi hamda Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Yig'ilish davomida jamg'arma tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.

Barchamizga malumki, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qo'llab-quvvatlash tizimini samarali shakllantirish, zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlash borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biroq, respublikamizda sport anjomlarini xarid qilishda haqiqiy zarurat va ehtiyoj inobatga olinmasligi oqibatida, sport maktablari dasturiga kiritilmagan ayrim sport jihozlari yillar mobaynida o'quv dargohlarining omborlarida foydalanilmasdan turibdi. Aksincha, sportning boks, kurash va og'ir atletika bo'yicha turlariga ixtisoslashgan sport maskanlarida maxsus sport jihozlari etishmayapti. Bundan tashqari, jamg'arma mablag'lari samarali sarflanmasdan kelayotganligi tanqid qilindi.

Qolaversa, jamg'arma rahbari Ismoil Mirzaev Kuzatuv kengashi roziligisiz sport inshootlarini sport jihozlariga bo'lgan talab va ehtiyojlarini o'rganmasdan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga turli loyihalarni taqdim etgan. Elektron birja orqali katta mablag'larni tashkil etuvchi turli xil jihozlarni sotib olish uchun 27,9 mlrd.so'mlik shartnoma imzolagan.

Joriy yilning 20 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev huzurida Jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish bo'yicha istiqboldagi muhim vazifalarga bag'ishlangan yig'ilishda ham Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan joriy yilda 56 ta sport inshootini qurib, foydalanishga topshirilishi, ushbu maqsadlarga 362 milliard so'm mablag' sarflanishi belgilanganligi, lekin 10 sentyabr holatiga ko'ra, atigi 113 milliard so'mlik qurilish-montaj ishlari bajarilganligi, joylarda qurilish ishlari orqada qolayotganligi tanqid ostiga olingan edi. 

SHuningdek, tegishli vazirlik va tashkilotlarga sport obektlarida qurilish-tamirlash ishlarini o'z vaqtida yakunlash, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasining 2019 yilgi manzilli dasturini shakllantirish bo'yicha topshiriqlar berilgan edi. Jamg'arma Nizomining 14-bandida Jamg'arma o'z mablag'laridan Jamg'arma Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan Jamg'arma daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq foydalanishi belgilangan. Biroq, talablarni Jamg'arma rahbariyati bajarmasdan kelmoqda. Bu holatlar o'z navbatida, Hukumat qarori va u bilan tasdiqlangan Nizom talablarini davomli (sistematik) tarzda va qo'pol ravishda buzilishiga olib kelmoqda.

Yig'ilish yakunida yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, ishni to'g'ri yo'lga qo'yish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing