04 fev 12:01
Yangiliklar
Stol tennisi
“Sportni sev, sport bilan yasha!”: Qoraqalpog'istonda “Stol tennisi oyligi” start oldi
“Sportni sev, sport bilan yasha!”: Qoraqalpog'istonda “Stol tennisi oyligi” start oldi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni ijrosini taminlash, aholini sportga faol jalb etish hamda 2021 yilning fevral oyi Qoraqalpog'iston Respublikasida “Stol tennisi oyligi” deb belgilangani munosabati bilan hududdagi barcha mahalla va ovul fuqarolar yig'inlarida ommaviy sport tadbirlari, jumladan stol tennisi musobaqalari tashkil etilmoqda.
Kecha Nukus shahridagi “Turon” mahallasi hududida joylashgan Respublika o'yin turlari va engil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi sport zalida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida stol tennisi musobaqalari tashkil etildi. Ushbu sport tadbirida 60 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi.
Havola :
Manba : Спорт вазирлиги
Fikrlar