So’nggi yangiliklar

18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0

02 fev 16:12
Yangiliklar

Futbol

Srechko Katanec: "Qatar qo'rqishi kerak bo'lgan jihatlarimiz etarlicha" (matbuot anjumani to'liq)

Teglar :  Srechko Katanec
O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Srechko Katanec va Odil Hamrobekov ishtirok etdi.

- Murabbiy va o'yinchining uchrashuv haqida fikrlari qanday?

Srechko Katanec: Qiyin o'yin bo'lishini bilamiz. Etarlicha dam oldik. O'yinchilarimiz Qatar bilan bahsga tayyor. Men ham g'alaba qozonishi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Ertaga yaxshi o'yin ko'rsatamiz deb o'ylayman. 

Odiljon Xamrobekov: Turnirdagi navbatdagi raqibimiz amaldagi chempion hisoblanadi. Qatar termasi o'z muxlislari qarshisida o'ynaydi. Jamoada iqtidorli va tajribali o'yinchilar bor. Ertangi uchrashuvga 100% tayyormiz.



- Janob murabbiy, oldingi o'yinda Diyor Xolmatovga imkoniyatga berildi. Uning harakatlari haqida nima deya olasiz?

Srechko Katanec: Diyor juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Javobim qisqa. Birinchi rasmiy o'yinda bunday harakat qilishi meni ham biroz xayron qoldirdi. Dubaydagi yig'inda Diyor o'zini ko'rsata olgandi. Ertaga u maydonga tushadimi yo'qmi, buni keyinroq hal qilaman.

- Odiljon, bungcha SHukurov bilan tandemda o'ynayotgandingiz, Tailand bilan bahsda Xolmatov bilan. Ularni taqqoslay olasizmi?

Odil HamrobekovBilasiz, Diyor bilan klubda ham birga o'ynayman. U juda iqtidorli yigit. Men bilan o'ynayotgan ikki futbolini taqqoslash xato bo'ladi. Ikkala o'yinchining ham o'ziga hos taraflari bor. 



- Odiljon, 2018 yilgi U-23 Osiyo kubogidagi birinchi o'yinimiz aynan Qatar termasiga qarshi bo'lgandi. O'sha uchrashuvda mag'lub bo'lganmiz, lekin yakunda turnirda g'olib bo'lgandik. Qatarning o'sha paytdagi tarkibida Akrom Afif va Almoez Ali kabi futbolchilar bor edi. Ertaga ularni to'xtatib qola olamizmi?

- Matbuot anjumani boshida iqtidorli o'yinchilar deganimda, aynan ularni nazarda tutgandim. Ertaga Qatar tarkibida 11 nafar futboli bor. SHunday ekan, biz butun jamoani to'xtatishga harakat qilamiz. Ertaga Qatarga qarshi bor kuchimiz bilan harakat qilib, g'alaba qozonishimizga umid qilaman.


- Janob murabbiy, oldingi matbuot anjumanida jarohatlar va kasalliklar haqida gapirdingiz. Bugungi kunda jamoaning holati qanday?

Bugun hali jamoa bilan ko'rishmadim. Menimcha, holat yaxshilangan. Jarohatlanganlar bo'yicha deyarli hech narsa o'zgarmagan. Betob o'yinchilar esa o'zlariga kelib olishgan bo'lsa kerak.

- Oldingi Osiyo kubogida Iroq terma jamoasi murabbiyi edingiz va aynan Qatar terma jamoasiga mag'lub bo'lib, turnirni tark etgansiz. Bu safar Qatarga qarshi o'yinda g'alaba qozona olaman deb o'ylaysizmi? 

- Mag'lub bo'lganimni eslatganingiz uchun "rahmat". Ko'rfaz kubogi ochilish o'yinida Qatarni mag'lub qilganimni ham eslatib o'tmoqchiman. Mening ishim jamoani to'g'ri tayyorlash, ularga ishonaman. Qatarga qarshi to'g'ri o'yin qura olishimiz lozim. Qatar qo'rqishi kerak bo'lgan jihatlarimiz etarlicha. Murabbiy g'alaba qozonsa, uni barcha aqlli deb hisoblaydi. Aslida esa natija o'yinchilarning harakatlariga, o'sha paytdagi vaziyatga, jarohatlar va yana boshqa ko'p faktorlarga bog'lik bo'ladi. Biz allaqachon yaxshi bosqichgacha etib keldik. Qatarga qarshi o'yin oldidan qo'rqadigan narsamiz yo'q.



- Janob Katanec, avvalgi turnirlarda o'z ishtirokimizni nimchorak finalda to'xtatgandik. Bu safar esa allaqachon chorak finalga etib keldik. Minimum vazifa bajarildi deb hisoblasa bo'ladimi?

- Ertaga oldimizda chorak final o'yini turibdi. Qatarga qarshi eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz shart. Men doim bitta o'yinga etibor qaratishimni aytib kelganman. SHunday ekan, bor etiborim Qatarga qarshi bahsda. Nima yaxshi, nima yomon keyin malum bo'ladi. Bizda yaxshi o'yinchilar etarli. CHorak finalga chiqdik, buyog'iga yo'qotadigan narsamiz yo'q.

- Avstraliyaga qarshi o'yindan keyin referi qarorlari uchrashuvga katta tasir o'tkazishi mumkinligini aytdingiz. Ertaga mezbon jamoaga qarshi o'ynaysiz. Sizda hakamlar masalasida xavotir yo'qmi?

Matbuot anjumani rasmiysi: Bu savolni o'tkazib yuborishga majburmiz.



- Savolim Odiljonga. Ko'pchilik faqat mag'lubiyatlar haqida esladi, men esa g'alabalarni yodga olmoqchiman. 2011 yil Qatardagi Osiyo kubogida aynan mezbon jamoani mag'lub qilganmiz. Golni sizning adashingiz kiritgan. Ko'pchilik muxlislar o'sha ananni davom ettirishingizni istashyapti. Tailand bilan o'yinda muxlislar soni bo'yicha tenglik bor edi. Ertaga qatarlik muxlislar stadionda ancha ko'p bo'lishi aniq. Jamoa o'yinchilar bu bosimga qanchalik tayyor?

Odil Hamrobekov: - Stadion to'la bo'lsa, ikkala jamoa uchun ham bu yaxshi. Bu bizga hech qanday qiyinchilik to'g'dirmaydi deb o'ylayman. Biz "Bunyodkor" stadionida muxlislar bilan to'lganda qanchalik yaxshi harakat qilgan bo'lsak, Qatar ham shunday harakat qiladi. Ertaga maydonda borimizni beramiz.

Srechko Katanec: Boyagi jurnalistning hakam haqidagi savoliga qisqa javob berib ketmoqchiman. Ertaga hakamlarga omad!


Jalolxon Inog'omxo'jaev Doha shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing