So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

29 jan 15:02
Yangiliklar

Futbol

Srechko Katanec: "Tailandga qarshi o'ynayotganimiz omad emas" (matbuot anjumani to'liq)

Teglar :  Srechko Katanec
Osiyo kubogi 1/8 finali doirasidagi O'zbekiston - Tailand o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Srechko Katanec: Ertangi o'yindan oldin bizda etti kun vaqt bo'ldi. Biz o'yinga tayyormiz. Ertaga nima bo'lishini kuzatamiz.

Odiljon Xamrobekov: Turnir qiziq pallasiga kirdi. Bu bosqichdagi barcha jamoalarni tabriklaymiz. Ertaga tartibli jamoaga qarshi o'yin kutib turibdi. Murabbiyimiz aytganidek, bu o'yinga tayyormiz. 



- So'nggi Osiyo kuboklarida pley-off bosqichidagi qurada biroz omadimiz kelmagan. Bu safar raqiblar biroz omadli keldi. Tailand ustidan g'alaba qozonsak, undan so'ng katta ehtimol bilan Qatar jamoasi bizga qarshi harakat qilishi mumkin. Qura biz uchun qanchalik omadli bo'ldi deb o'ylaysiz? Yarim finalga chiqish ehtimolimiz qancha?

Hamrobekov: - Birinchi o'rinda ertangi o'yinga etibor qaratishimiz kerak. Undan keyin nima bo'lishi noaniq. Tojikiston kechagi o'yinda hamma narsa bo'lishi mumkinligini isbotladi. Ko'pchilik BAAni favorit sifatida ko'rayotgandi, yakunda qo'shnilarimiz g'alaba qozonishdi. Biz ham o'zimizning bor imkoniyatimizni ishga solib, eng yaxshi natijani qayd etishga harakat qilamiz.

- Janob murabbiy, o'yinga etti kun tayyorgarlik ko'rganingiz haqida aytdingiz. Etti kunlik tanaffus jamoaga foydali bo'ladimi? Bu tanaffus jarohatlangan o'yinchilar tiklanib olishiga qanchalik yordam beradi?

Katanec: - Bu narsa jamoaga qanday tasir qilishini oldindan bilib bo'lmaydi. Ertangi natija barchasini ko'rsatadi. Jarohatlarga kelsak, bizga bu muddat hech qanday yordam bermadi. Jarohatlangan futbolchilarimiz asosan uzoq muddatga safdan chiqishgan.



- Bir necha o'yinchilarimiz jarohat olishdi, ammo ular hozir terma jamoa bilan. Bu sizlarga qo'shimcha motivaciya va qo'llov bermoqdami?

Hamrobekov: - Jarohatlari jiddiy o'yinchilar klublariga qaytdi. Qolgan o'yinchilarda tuzalish ehtimoli bor. SHifokorlar ular bilan ish olib borishyapti. Umid qilamizki, ular tez orada safga qaytishadi. Jarohatlangan futbolchilarning biz bilan birgaligi bizga ruhan yordam bermoqda.

- O'zbekiston katta kuchga ega ekanini bilamiz. Avstraliya bilan o'yindagi duranga ham jamoada katta potencial borligini bildiradi. O'zbekiston terma jamoasi musobaqada qanchalik uzoqqa borishni maqsad qilgan?

Katanec: - Musobaqadan oldin biz faqat bitta o'yinga tayyorlanishimiz va reja qilishimizni aytgandim. Tailand birorta gol o'tkazmagan. Yaxshi shakllangan jamoa. Ular kuchli pressing amalga oshirishadi. Himoyadan hujumga ham tez o'tishadi. Tailandga qarshi o'ynayotganimiz omad emas. Ha, bazi muhim o'yinchilarni yo'qotdik. Hozir ham yaxshi o'yinchilarimiz safda, ular ertaga jamoaga kerakli natijani qayd etishda yordam berishadi.


- Murabbiyga savol. Biz ikkita asosiy hujumchimizni yo'qotdik. Ertaga o'z taktikangizni o'zgartirasizmi.

Katanec: - O'yinda ko'ramiz. Bitta taktikada boshlab, boshqasida davom ettirishimiz mumkin. Ertaga ko'rasiz.

- Odiljon, Tailand hali gol o'tkazib yubormagan. Biz hujumchisiz o'ynayapmiz. Bu yarim himoyaga qo'shimcha javobgarlik yuklamaydimi. Bundan tashqari, Tailand bu iqlimga bizdan ko'ra ko'proq moslashgan. Bu o'yinga qanchalik tayyorsizlar?

Hamrobekov: - Tailandni gol o'tkazib yubormagani jamoani qanday kuchga ega ekanini aytib turibdi. Bizda jismoniy holatdan muammo bo'ladi deb o'ylamayman. Kim yaxshi tashkil topgan bo'lsa va tartibli o'ynasa, shu terma g'alaba qozonadi. Hujumchilarsiz uchta o'yin o'tkazdik. O'ziga yarasha muammo bor, ammo bu holatdan chiqib ketamiz deb o'ylamayman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing